Анализ зарплаты
Хотите звучать дороже на собеседовании? ИИ усилит резюме и напишет сопроводительное под эту вакансию.
Улучшить резюмеКлючевые навыки
Описание вакансии
Sizdan nimalar kutiladi:
-
Boshlang‘ich va o‘rta sinflarda biologiya va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish
-
O‘quvchilarga hayotiy misollar, kuzatuvlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqur tushunchalar berish
-
Fanlararo aloqalarni ta’minlab, ekologik va ilmiy ongni shakllantirish
-
Tabiatshunoslik va ekologik loyihalarda o‘quvchilar ishtirokini tashkil etish
-
Darslar sifatini oshirish uchun zamonaviy metodikalarni joriy etish
-
Har bir o‘quvchining rivojlanish dinamikasini kuzatish va mos yondashuv qo‘llash
Biz kimni qidiryabmiz:
-
Biologiya, ekologiya, yoki tabiatshunoslik yo‘nalishida oliy maʼlumot
-
Kamida 3 yillik maktabda o‘qituvchilik tajribasi
-
Boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha tajriba
-
O‘quv materiallarini tushunarli, qiziqarli va vizual tarzda yetkazib bera olish
-
Interaktiv dars metodlariga ega bo‘lish va qo‘llay olish
-
O‘quvchilar bilan samimiy va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘la olish
Afzallik sifatida ko‘riladi:
-
CLIL yoki STEAM yondashuvlar bilan ishlagan bo‘lish
-
Eko-loyihalar va fanlararo tadbirlarni olib borish tajribasi
-
Ta’lim texnologiyalaridan (Google Classroom, interaktiv testlar, video platformalar) foydalana olish
-
Fan haftaliklari, olimpiadalar yoki maktabdan tashqari loyihalarda ishtirok etish
Sizga takliflarimiz:
-
Raqobatbardosh va o'z vaqtida beriladigan oylik maosh
-
Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul
-
Haq to'lanadigan yillik va oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari
-
Farzandingiz maktabimizda o'qishi uchun 3 250 000 so'mgacha chegirma
-
Sohaviy kurslar va treninglar uchun xarajatlar maktab tomonidan 50% gacha qoplanadi
-
Maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan muntazam trening va kurslar
-
Hurmatga asoslangan, sokin ish muhiti va professional jamoa
-
Kompaniya tomonidan 50% qoplanadigan mazali tushlik
-
Ilmga chanqoq, faol va intiluvchan o‘quvchilar