Описание вакансии
Vazifalar: Mobil ilova va boshqa raqamli kanallar uchun chakana mijozlarga mo‘ljallangan raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish va rivojlantirish; Mahsulot strategiyasi va roadmap’ni ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish; Onlayn kredit, omonat, karta va to‘lov mahsulotlari bo‘yicha raqamli sotuv va foydalanish ko‘rsatkichlarini oshirish; Mijoz segmentatsiyasi asosida qiymat takliflari va shaxsiylashtirilgan mahsulot yechimlarini yaratish; A/B testlar orqali mahsulot funksiyalari, foydalanuvchi ssenariylari va dizayn yechimlarini takomillashtirish; UX/CX jarayonlarida muammolarni aniqlash va mijoz tajribasini yaxshilash tashabbuslarini ilgari surish; Product backlog’ni shakllantirish, prioritetlash va sprintlar doirasida bajarilishini nazorat qilish; Marketing, IT, risk va boshqa tegishli jamoalar bilan hamkorlikda mahsulotni rivojlantirish; Raqobatchilar tahlili va bozor trendlarini o‘rganish asosida mahsulotni doimiy takomillashtirish; Asosiy metrikalarni (conversion rate, DAU/MAU, CPA, ARPU, retention, churn) monitoring qilish va yaxshilash. Talablar: Oliy ma’lumot (bank ishi, moliya, iqtisodiyot, matematika yoki IT yo‘nalishlarida); Raqamli mahsulotlar, bank yoki fintech sohasida kamida 6 yillik ish tajribasi; Chakana bank mahsulotlari (onlayn kreditlar, omonatlar, kartalar va to‘lov xizmatlari) bo‘yicha biznes jarayonlarni chuqur tushunish; Raqamli kanallar orqali mahsulot rivojlantirish va sotuv mexanizmlarini yaxshi bilish; Product ownership, Agile/Scrum metodologiyalari bo‘yicha amaliy tajriba; UX/CX tamoyillari va customer journey mapping bo‘yicha bilim va tajriba; Raqamli marketing kanallari (push, SMS, in-app, banner va boshqalar) bilan ishlash tajribasi; Analitik fikrlash, ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish va KPI bilan ishlash ko‘nikmasi; A/B testlash, product analytics va konversiya optimizatsiyasi bo‘yicha tajriba; CRM tizimlari va mijoz segmentatsiyasi bilan ishlash tajribasi (afzallik beradi); Kuchli kommunikatsiya va cross-functional jamoalarni boshqarish ko‘nikmalari. Ish sharoiti: To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00) Ish joyi bankning markaziy idorasida