Описание вакансии
Vazifalar:
Kichik biznes uchun bank xizmatlarining moliyaviy takliflarini mijozlarga taqdim etish.
Kichik biznesning moliyaviy ehtiyojlarini aniqlash va ularga muvofiq kreditlash mahsulotlarini taklif etish.
Kichik biznesning qarzlarini, investitsiyalarini va boshqa moliyaviy operatsiyalarini boshqarish.
Kichik biznesni rivojlantirish uchun tegishli biznes rejalar va tahlillarni ishlab chiqish.
Hududdagi KBning raqobatdoshligini oshirish uchun yordam ko‘rsatish.
Yangi bizneslarni jalb qilish va ular bilan munosabatlarni mustahkamlash.
Kichik biznesga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashgan marketing va reklamani tashkil qilish.
Hududdagi KBlarning ehtiyojlarini aniqlash va o‘zgarishlarga muvofiq takliflar ishlab chiqish.
Bankning biznes xizmatlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha xisobotlar tayyorlash.
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot. Mikro, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar yoki bozor tahlili sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
Bank xizmatlaridan foydalanish va kreditlash bo‘yicha tajriba bo‘lishi muhum.
Kichik biznes (KB) segmentlari bilan ishlash bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalar.
Moliyaviy tahlil, ko‘rsatkichlar, buxgalteriya hisobotlari va kredit polisi bo‘yicha bilimlar.
Mijozlar bilan samarali aloqa o‘rnatish, ularga ko‘maklashish, talablariga muvofiq takliflar ishlab chiqish.
Bozor tahlili va strategik rejalashtirish qobiliyati.
Kredit mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha amaliyotlar va bilimlar.
O‘zbek tilini tilini mukammal suhbat va yozish qobiliyatlari. Rus-ingliz tilini bilish ustunlik beriladi.
Microsoft Office (Excel, PowerPoint, Word), moliyaviy tahlil va hisobotlarni tuzish uchun dasturlardan foydalanish.
Bank tizimlaridan va ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari.
Shartlar:
Jamoada ishlash va jamoani boshqarish;
Tig‘iz va murakkab vaziyatlarda ishlay olish;
Tizimli va tanqidiy fikrlash;
Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish.