podustal
JAHON SCHOOL
JAHON SCHOOL

Ingliz tili o'qituvchisi

Опыт от 1 года до 3 лет·Переводчик

Откликнуться автоматически
1 день бесплатноБез привязки картыОтмена в один клик

Ключевые навыки

Английский языкОбучение и развитие

Описание вакансии

Biz kimmiz?

Jahon School — innovatsion yondashuvga ega zamonaviy xususiy maktab bo‘lib, o‘quvchilarga sifatli ta’lim, kuchli pedagoglar jamoasi va xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini taklif etadi.

Vazifalar:

  • Maktab o‘quv dasturi asosida darslarni rejalashtirish va o‘tkazish;
  • Har bir o‘quvchiga individual yondashuvni ta’minlash;
  • O‘quvchilarning bilim darajasini muntazam baholash va elektron jurnal yuritish;
  • O‘quvchilarni IELTS hamda boshqa xalqaro imtihonlarga tayyorlash;
  • Fan olimpiadalari, tanlovlar va turli akademik tadbirlarga tayyorlash;
  • Hamkasblar bilan kasbiy rivojlanish dasturlarida faol ishtirok etish;
  • Ochiq darslar, fan haftaliklari va maktab tadbirlarida qatnashish;
  • Ota-onalar bilan doimiy va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish.

Nomzoddan kutayotgan talablarimiz:

  • Ingliz tili yoki pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Ta’lim sohasida yoki maktabda kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • IELTS kamida 7.5 yoki CEFR C1 darajasiga ega bo‘lish;
  • CELTA, TESOL, APTIS yoki boshqa xalqaro sertifikatlar mavjudligi afzallik hisoblanadi;
  • Zamonaviy va interaktiv dars o‘tish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • O‘zbek tilini erkin bilish, rus va ingliz tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi;
  • Bolalarni sevish, sabr-toqatli bo‘lish va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi (suhbat asosida belgilanadi);
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Motivatsion bonuslar va mukofotlar;
  • Doimiy kasbiy rivojlanish imkoniyatlari: treninglar va seminarlar;
  • Kuchli va do‘stona pedagoglar jamoasi;
  • Zarur texnik vositalar va metodik materiallar bilan to‘liq ta’minlash;
  • O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq va qo‘llab-quvvatlovchi muhit;
  • Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish istiqbollari;
  • Korporativ tadbirlar, jamoaviy uchrashuvlar va iliq ish muhiti.

Qo‘shimcha afzalliklar:

✅ Xalqaro sertifikatlar, chet tillarini mukammal bilish va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish tajribasi sizning ustunligingiz bo‘ladi.

✅ Agar siz bolalar bilan ishlashni chin dildan sevsangiz va ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shishni istasangiz — biz aynan sizni qidirmoqdamiz!

Похожие вакансии

Устали искать работу?
Начните прямо сейчас.

Подключите автоотклики за 30 секунд и получайте приглашения на собеседования, пока занимаетесь своими делами.

Без привязки карты · Настройка за 30 секунд