Описание вакансии
Vazifalar:
- Yuridik shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni maqsadli ishlatilishi o‘rganish;
- Yuridik shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy ahvoli, biznes-rejalarning bajarilishi va garov saqlanishini holatini monitoring qilish;
- “Hard collection” bosqichlarida kredit qarzdorliklarni undirilishini ta’minlash;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning 1+ kundan 90 kungacha bo‘lgan kredit qarzdorliklarini undirilishini ta’minlash;
- Bank kredit portfelida mavjud muammoli kreditlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash hamda muammoli kreditlarni kamaytirish va muddatidan oldin so‘ndirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Garov ta’minotlari bilan ishlash ya’ni, kredit ta’minotlarini almashtirish va qisman ta’minotdan ozod qilish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash;
- Kreditlarni prolongatsiya (restrukturizatsiya) qilish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash;
- Muddatida qaytarilmagan kredit va foizlari bo‘yicha to‘lov talabnomasi rasmiylashtirilish va dasturga biriktirish;
- Mijozlarga monitoring davomida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborilish;
- Bevosita faoliyatiga doir murojaat/e’tirozlari bilan ishlash;
- Audit tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha ishlash;
- Bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda boshqa hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.
Talablar:
- Oliy iqtisodiy ma’lumot;
- MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
- O‘zbek tilini mukammal darajada bilish, rus va ingliz tilini bilish ustunlik beradi;
- Bank tizimi qonunchiligini yaxshi bilish;
Ish sharoiti:
- To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
- ish joyi bankning markaziy idorasida;
- ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot.