podustal
4Prep
4Prep

Kuchli Kopirayter / Tadqiqotchi (Copywriter / Researcher)

$до вычета налогов

Опыт от 1 года до 3 лет·Копирайтер, редактор, корректор

Откликнуться автоматически
1 день бесплатноБез привязки картыОтмена в один клик

Анализ зарплаты

750 $середина вилки
от 500 $до 1 000 $

Хотите звучать дороже на собеседовании? ИИ усилит резюме и напишет сопроводительное под эту вакансию.

Улучшить резюме

Ключевые навыки

Английский языкАналитические текстыГрамматикаChatGPTНаписание текстовКорректура текстовДеловая перепискаТексты об отношениях, психологии

Описание вакансии

Kuchli Kopirayter / Tadqiqotchi (Copywriter / Researcher)


Kompaniya haqida qisqacha:

Biz xalqaro ta'lim va konsalting sohasida yetakchi o‘rinlarda turuvchi 4PREP Academy jamoasimiz. Biz yoshlarga dunyoning eng nufuzli universitetlariga kirishda yordam beramiz. Hozirda jamoamizni kengaytirish maqsadida faqatgina chiroyli matn yozish bilan cheklanmaydigan, balki xalqaro ta'lim tizimini chuqur tahlil qila oladigan Kuchli Kopirayter / Researcher qidirmoqdamiz.

Sizning asosiy vazifalaringiz (Key Responsibilities):

Chuqur tahlil va tadqiqot (Deep Research): Amerika va Yevropadagi top universitetlar, ularning dasturlari, grantlari, talablari va o‘ziga xosliklarini mukammal o‘rganish;

Ma'lumotlarni soddalashtirish: Murakkab va katta hajmdagi xalqaro ma'lumotlarni tahlil qilib, sotuv menedjerlari (sales managers) va jamoa uchun tushunarli, tizimli va aniq ko‘rinishga keltirish;

Ekspertlik kontenti: Faqat ijtimoiy tarmoqlar uchun emas, balki kompaniyaning ichki materiallari, taqdimotlari va ekspertlik maqolalari uchun sifatli matnlar tayyorlash;

Trendlarni kuzatish: Xalqaro ta'lim bozoridagi o‘zgarishlar va yangiliklarni doimiy monitoring qilib borish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar (Requirements):

Til bilish darajasi: Ingliz va Rus tillarini mukammal bilish (yozma va og‘zaki nutq yuqori darajada bo‘lishi shart, chunki asosiy manbalar ingliz tilida bo‘ladi);

Research ko‘nikmasi: Google va xalqaro manbalar bilan ishlash, ma'lumot qidirish va ularni saralash (Analytical mindset) bo‘yicha kuchli tajriba;

Kopirayting: Murakkab g‘oyalarni oddiy va ta’sirchan so‘zlar bilan yetkazib bera olish qobiliyati;

Mas’uliyat: Ma'lumotlarning aniqligi va faktlarga asoslanganligiga (fact-checking) jiddiy yondashish;

Xalqaro ta'lim sohasida yoki xorijda o‘qish tajribasiga ega bo‘lish katta plyus hisoblanadi.

Biz nimalarni taklif qilamiz (Benefits):

Zamonaviy va shinam ofisda ishlash imkoniyati;

Do‘stona, yosh va professional jamoa;

Raqobatbardosh ish haqi (suhbat asosida nomzodning tajribasiga qarab belgilanadi);

Karyera va professional jihatdan o‘sish imkoniyatlari.

Murojaat uchun:

Agar siz shunchaki matn yozuvchi emas, balki ma'lumotlar ichidan eng muhimini topib chiquvchi detektiv va tahlilchi bo‘lsangiz, rezyumengizni (CV) yuboring!

Eslatma: Rezyumega qo‘shib, ingliz yoki rus tilida yozgan tahliliy matnlaringiz yoki portfoliongizdan namunalar yuborsangiz, arizangiz birinchilardan bo‘lib ko‘rib chiqiladi.

Похожие вакансии

Устали искать работу?
Начните прямо сейчас.

Подключите автоотклики за 30 секунд и получайте приглашения на собеседования, пока занимаетесь своими делами.

Без привязки карты · Настройка за 30 секунд