Ключевые навыки
Телефонные переговорыMS WordMS ExcelПрямые продажиРазвитие продажОбучение и развитиеАктивные продажиАналитическое мышление
Описание вакансии
Vazifalari:
- Chiquvchi telefon qo‘ng‘iroqlari orqali bank mahsulotlarini masofadan sotish.
- Mijozlar bilan telefon va boshqa aloqa kanallari orqali masofaviy muloqotni tashkil etish va olib borish.
- Bank xizmatlari va mahsulotlarini targ‘ib qilish.
- Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari haqida ma'lumot berish.
- Bank mahsulotlariga oid barcha savollarga javob berish.
- Mijozlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish va ularni saqlab qolish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.
- Masofaviy savdo tamoyillarini bilish va ularni amalda qo‘llash.
- CRM tizimida hisobot yuritish hamda belgilangan savdo rejasini bajarish.
Talablar:
- Oliy ma'lumot (iqtisodiy yo'nalishlar afzallik beradi).
- O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
- Mijozlarga yo‘naltirilganlik, xushmuomalalik, diqqatlilik, mas'uliyatlilik, intizomlilik, tashabbuskorlik, punktuallik, jamoada ishlash qobiliyati, yuqori ish unumdorligi, tez o‘rganish va stressga chidamlilik.
- Ishonchli va aniq ovoz.
- Faol savdo olib borish hamda mijozni ishontirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
- Kompyuter, telefon tizimlari va messenjerlardan foydalana olish.
Ish sharoitlari:
- Malakali mutaxassislar jamoasida kasbiy rivojlanish imkoniyati.
- Besh kunlik ish haftasi (09:00–18:00).
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishga qabul qilish.
- Munosib ish haqi.
Eslatma: Ishga qabul qilish fuqarolik-huquqiy shartnoma (ГПХ) asosida amalga oshiriladi. Ushbu shartnoma mehnat shartnomasidan farq qiladi. Shu sababli, ishga kirishdan oldin shartnoma shartlari va unda nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.