podustal
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Moliya-Iqtisodiyot boshqarmasi boshlig'i

UZSна руки

Опыт более 6 лет·Финансовый директор (CFO)

Откликнуться автоматически
1 день бесплатноБез привязки картыОтмена в один клик

Анализ зарплаты

32 500 000 UZSсередина вилки
от 30 000 000 UZSдо 35 000 000 UZS

Хотите звучать дороже на собеседовании? ИИ усилит резюме и напишет сопроводительное под эту вакансию.

Улучшить резюме

Ключевые навыки

Контроль эффективного использования материальных, финансовых, технических и трудовых ресурсовУправленческие навыкиБюджетированиеФинансовое планированиеУправленческая отчетностьФинансовая отчетностьФормирование бюджетаФинансовый менеджментУправление финансамиФинансовый контроль

Описание вакансии

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi Markaziy apparati jamoaga taklif etadi!

Mamlakatimizning muhim davlat tashkilotlaridan biri rivojlanishida faol ishtirok etishga, moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarishga hamda rejalashtirish va tahlilning zamonaviy yondashuvlarini joriy etishga tayyor bo‘lgan kuchli rahbarni izlayapmiz.

Bo'sh ish o'rni: Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i

Asosiy vazifalar:

Strategik moliyaviy boshqaruv va byudjetlashtirish

  • Qo‘mita byudjeti loyihasini o‘rta muddatli va yillik byudjet rejalashtirish doirasida shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish;
  • Byudjet so‘rovlari, hisob-kitoblar hamda moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asoslanganligini shaxsan ta’minlash;
  • Davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlari va tashkilot vazifalarini hisobga olgan holda byudjet mablag‘larini taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar tayyorlash.

Moliyaviy hisob, hisobot va ichki nazorat

  • Moliyaviy, byudjet va tahliliy hisobotlarning ishonchliligi, o‘z vaqtida taqdim etilishi hamda sifati uchun to‘liq javobgarlik;
  • Byudjet hisobining to‘g‘ri yuritilishi va operatsiyalarning UZASBO tizimida aks ettirilishini nazorat qilish;
  • Ichki moliyaviy nazoratni tashkil etish va moliyaviy risklarni boshqarish.

Byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qilish

  • Byudjet ijrosi va moliyaviy intizomga rioya etilishini tizimli nazorat qilish;
  • Samarasiz va asossiz xarajatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • Aniqlangan kamchilik va qonunbuzilishlar yuzasidan materiallar tayyorlash hamda tuzatish choralarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob berish.

Davlat xaridlari

  • Davlat xaridlarini moliyaviy jihatdan barcha bosqichlarda kuzatib borishga rahbarlik qilish;
  • Shartnomalar, tanlov va tender hujjatlarining majburiy moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazish;
  • Byudjet limitlari mavjudligi va moliyaviy majburiyatlarning qonuniyligini nazorat qilish.

Iqtisodiy tahlil va boshqaruv hisobotlari

  • Tashkilot faoliyatining chuqur moliyaviy-iqtisodiy tahlilini amalga oshirish;
  • Rahbariyat uchun prognozlar, tahliliy hisobotlar va takliflar tayyorlash;
  • Byudjet resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Xodimlarni boshqarish va hamkorlik

  • Bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qilish, vazifalarni belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Xodimlar samaradorligini baholash, KPI tizimini joriy etish va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;
  • Moliya vazirligi, g‘aznachilik organlari va nazorat organlari bilan hamkorlik qilish;
  • Tekshiruvlar, taftishlar va auditlar jarayonida tashkilot manfaatlarini ifodalash.

Qonunchilikka rioya etish

  • Byudjet, moliya va soliq qonunchiligi talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash;
  • Ichki reglamentlar va tartib-taomillarning bajarilishini nazorat qilish;
  • Ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish va yangilashda ishtirok etish.
Talablar:
  • Iqtisodiyot yoki moliya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot; magistratura darajasi yoki moliyaviy boshqaruv sohasida qo‘shimcha professional tayyorgarlik ustunlik hisoblanadi;
  • Moliya-iqtisodiyot sohasida kamida 7 yillik ish tajribasi, shundan kamida 5 yili davlat tashkilotlarida bo‘lishi kerak;
  • Byudjetni rejalashtirish va ijro etish bo‘yicha tasdiqlangan amaliy tajriba;
  • UZASBO tizimi va boshqa byudjet hisobi vositalarini mukammal bilish;
  • O‘zbekiston Respublikasining Milliy buxgalteriya hisobi standartlari va byudjet qonunchiligini chuqur bilish;
  • Buxgalteriya hisobi sohasida kamida 3 yillik amaliy ish tajribasi;
  • Kamida 5 yillik rahbarlik tajribasi (bo‘linma boshqaruvi va natija uchun javobgarlik);
  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning moliyaviy oqibatlari uchun shaxsan javob bera olish qobiliyati;
  • O‘zbek va rus tillarida professional ishbilarmonlik darajasida erkin muloqot qila olish; ingliz tilini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi;
  • Intizom, kasbiy etika, maxfiylikka rioya qilish, tahliliy va boshqaruv ko‘nikmalariga yuqori talablar.
Ish Afzalliklari:
  • Munosib ish haqi (individual tartibda kelishiladi);
  • Kasbiy rivojlanish va lavozim o‘sishi imkoniyatlari;
  • Yuqori mas’uliyatga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritish;
  • Tashkilot hisobidan malaka oshirish va o‘quv dasturlarida qatnashish;
  • Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar.

Похожие вакансии

Устали искать работу?
Начните прямо сейчас.

Подключите автоотклики за 30 секунд и получайте приглашения на собеседования, пока занимаетесь своими делами.

Без привязки карты · Настройка за 30 секунд