podustal
EE
ERGO EDU

Sotuv menejeri B2C

UZSна руки

Опыт от 1 года до 3 лет·Менеджер по маркетингу, интернет-маркетолог

Откликнуться автоматически
1 день бесплатноБез привязки картыОтмена в один клик

Анализ зарплаты

9 500 000 UZSсередина вилки
от 4 000 000 UZSдо 15 000 000 UZS

Хотите звучать дороже на собеседовании? ИИ усилит резюме и напишет сопроводительное под эту вакансию.

Улучшить резюме

Ключевые навыки

Активные продажиДеловая коммуникацияРазвитие продажАналитика продажНавыки продажПрямые продажиТелефонные переговорыДеловая перепискаНавыки переговоров

Описание вакансии

Sotuv menejeri (B2C)

Kompaniya haqida

HIVE Courses — bu turli soha va yo‘nalishlarda sifatli onlayn ta’limni taqdim etuvchi platforma. Biz tajribali mentorlar va amaliyotchi mutaxassislar bilan hamkorlikda zamonaviy, amaliy bilim va ko‘nikmalarni berishga yo‘naltirilgan kurslarni yaratamiz va taqdim etamiz. Platformamiz orqali har bir o‘quvchi o‘z qiziqishi va kasbiy maqsadlariga mos kursni tanlab, qulay formatda ta’lim olishi mumkin.

Bizga qanday mutaxassis kerak?

  • CRM'dan foydalana oladigan
  • Savdo tizimini yaxshi tushunadigan va mas'uliyatli
  • KPI tizimida intizom bilan ishlay oladigan
Ish formati:
  • CRM orqali qo‘ng‘iroqlar
  • Kiruvchi va chiquvchi lidlar bilan ishlash
  • Har kuni 30 mijoz bilan gaplashish va sotuvga qadar olib borish
  • Har kunlik sotuvlar
Vazifalar:
  • Sovuq va issiq qo‘ng‘iroqlar orqali potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish.
  • Mijozlarga kurslar bo‘yicha to‘liq va sifatli konsultatsiya berish.
  • Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlab, ularga eng mos kursni tavsiya qilish.
  • Savdo jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash va belgilangan sotuv rejasini bajarish.
  • CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish va yangilab borish.
  • Mijozni dastlabki murojaatdan boshlab to‘lov amalga oshirilguniga qadar kuzatib borish.
  • To‘lov tasdiqlangandan so‘ng mijozga kursga kirish (access) huquqini taqdim etish.
  • Mijozlarning savollari, e’tirozlari va yuzaga kelgan muammolarini tezkor hamda samarali hal etish.

Muhim:
Biz uchun eng muhim qadriyat — xizmat sifati va mijozlar mamnunligi. Har bir mijoz platformamizdan mamnun bo‘lishi va o‘z ehtiyojiga mos kursni tanlashi biz uchun ustuvor vazifadir. Shu sababli sotuv menejeri har bir kurs haqida to‘liq va aniq ma’lumot berishi, mijozning ehtiyojlarini chuqur tahlil qilishi hamda unga eng mos ta’lim dasturini tavsiya qilishi zarur. Maqsadimiz shunchaki kurs sotish emas, balki mijozning to‘g‘ri tanlov qilishiga yordam berish va uning ta’lim natijasidan mamnun bo‘lishini ta’minlashdir.


Talablar:

  • Sotuv texnikasini bilish va qo‘llay olish
  • B2C sotuv tajribasi, call-markaz yoki ta’lim xizmatlarida tajriba
  • E’tirozlarni hal qilish va mijozni to‘lovga olib kelish
  • Muzokara qilish ko‘nikmasi
  • CRM, Excel bilan ishlash
  • Natijaga yo‘naltirilganlik va reja bajarish

Tillar:

  • O‘zbek tili — erkin
  • Rus tili — erkin

Shartlar:

  • Raqobatbardosh belgilangan ish haqi va sotuv natijalariga qarab foizli rag‘batlantirish.
  • Ish jadvali: 5/2 yoki 6/1 (o‘zaro kelishuv asosida).
  • Zamonaviy va qulay ofis: Toshkent shahri, Nest One.
  • Do‘stona jamoa va professional rivojlanish imkoniyati.

Agar siz vakansiya tavsifini diqqat bilan o‘qib chiqqan va barcha shartlarni tushungan bo‘lsangiz, arizangizni qoldiring hamda rezyumingizni Telegram orqali @hivecourses_admin akkauntiga yuboring.

Sizning arizangizni mamnuniyat bilan ko‘rib chiqamiz!

Похожие вакансии

Устали искать работу?
Начните прямо сейчас.

Подключите автоотклики за 30 секунд и получайте приглашения на собеседования, пока занимаетесь своими делами.

Без привязки карты · Настройка за 30 секунд