Ключевые навыки
Описание вакансии
“Issiqlik elektr stantsiyalari” АJ ichki audit xizmati auditorini yollash uchun tanlov e’lon qiladi.
Адрес:г. Ташкент, Чиланзарский район, пр.Бунёдкор, 23
Malakaviy talablar
Ichki audit xizmati auditori
Kasbiy malaka (majburiy talablar):
Moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, audit, huquq yoki energetika sohasi muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot;
CIA (Certified Internal Auditor) yoki ACCA (Member/Fellow) xalqaro professional sertifikatiga ega bo‘lish;
Audit, risklarni boshqarish, ichki nazorat yoki komplayens sohasida kamida 5 yillik umumiy ish tajribasi;
“Katta to‘rtlik” (Big Four) auditorlik va konsalting kompaniyalarida ish tajribasi.
Qo‘shimcha talablar:
Ichki auditning xalqaro standartlari, metodologiyasi va tartib-taomillarini bilish;
Risklarni boshqarish tizimlarini, jumladan COSO ERM va ISO 31000 standartlarini bilish;
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS/IFRS) bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
Xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;
Ofis dasturlari, shuningdek buxgalteriya hisobi va moliyaviy axborot tizimlaridan ishonchli foydalana olish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, xususan korporativ boshqaruv, auditorlik faoliyati va buxgalteriya hisobi sohasidagi me’yoriy hujjatlarni bilish;
Energetika tarmog‘i, yirik sanoat korxonalari yoki davlat korxonalarida ish tajribasiga ega bo‘lish;
Kuzatuv kengashi va Audit qo‘mitasi bilan amaliy hamkorlik qilish, shuningdek tashqi auditorlar va maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtirish tajribasiga ega bo‘lish;
Ichki auditning xalqaro standartlarini amalda qo‘llash, xususan risklarga asoslangan audit rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lish;
Rahbariyatga samarali ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar berish tajribasiga ega bo‘lish.
Иш тартиби: 5/2, тўлиқ бандлик (09:00 – 18:00).
Мурожаат учун:
Номзодлардан ўз резюмеларини (CV) мавзу қисмида "ИЭС - Ички Аудитор" деб кўрсатган ҳолда қуйидаги манзилга юборишлари сўралади:
Ҳужжат топшириш муддати: 2026 йил 15 июлга қадар.
Шошилинг! Биз профессионалларни кутмоқдамиз.
Информация об организации
Название:
"Issiqlik Elektr Stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati
Короткое название:
"Issiqlik Elektr Stansiyalari" АЖ
ИНН:
306349304
Адрес:
г. Ташкент, Чиланзарский район, пр.Бунёдкор, 23