Описание вакансии
Vazifalar: Mobil ilova va boshqa raqamli kanallar uchun yuridik mijozlarga mo‘ljallangan raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish va rivojlantirish; Onlayn kredit va omonat mahsulotlari bo‘yicha sotuv strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; Mijoz segmentatsiyasi asosida targetlangan takliflar va qiymat takliflarini shakllantirish; Cross-sell va up-sell mexanizmlarini joriy etish hamda optimallashtirish; A/B testlar orqali mahsulot funksiyalari, sotuv ssenariylari va dizayn yechimlarini sinovdan o‘tkazish; UX/CX jarayonlarida mavjud muammolarni aniqlash va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash; Marketing, IT va boshqa tegishli jamoalar bilan hamkorlikda mahsulot roadmap’ini boshqarish; Raqobatchilar tahlilini olib borish va bozor tendensiyalarini monitoring qilish; Asosiy biznes ko‘rsatkichlarini (conversion rate, CPA, ARPU va boshqalar) doimiy kuzatib borish va yaxshilash; Backlog’ni yuritish, prioritetlash va sprintlar doirasida vazifalarni bajarilishini nazorat qilish. Talablar: Oliy ma’lumot (bank ishi, moliya, iqtisodiyot, matematika yoki IT yo‘nalishlarida); Raqamli mahsulotlar, bank yoki moliya sohasida kamida 6 yillik ish tajribasi; Onlayn kreditlash va omonat mahsulotlari bo‘yicha biznes jarayonlarni chuqur tushunish; Raqamli marketing kanallari (push, SMS, in-app, banner va boshqalar) bilan ishlash tajribasi; Analitik fikrlash, ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish va KPI ko‘rsatkichlari bilan ishlash ko‘nikmasi; Raqamli kanallar orqali sotuv va mijoz jalb qilish mexanizmlarini tushunish; Agile/Scrum metodologiyalari va Product Ownership tamoyillarini bilish (afzallik beriladi); UX/CX asoslari va mijoz yo‘li (customer journey)ni tushunish. Ish sharoiti: To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00) Ish joyi bankning markaziy idorasida