Анализ зарплаты
4 000 000 UZSсередина вилки
от 3 000 000 UZSдо 5 000 000 UZS
Хотите звучать дороже на собеседовании? ИИ усилит резюме и напишет сопроводительное под эту вакансию.
Улучшить резюмеКлючевые навыки
Обучение персоналаУмение работать в коллективе
Описание вакансии
Talablar:
- Oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot.
- Ma'muriy ishlar, resepsion, kotibalik yoki mijozlar bilan ishlash bo‘yicha tajriba ustunlik beradi.
- O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish (rus tili va ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi).
- Kompyuter savodxonligi (Microsoft Office, Google Docs va elektron pochta bilan ishlash).
- Xushmuomala, mas'uliyatli, tartibli va tashqi ko‘rinishiga e'tiborli bo‘lish.
- Muloqot madaniyati yuqori, jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani samarali bajara olish.
- Maxfiy ma'lumotlar bilan mas'uliyatli ishlash.
Asosiy vazifalar:
- Maktabga tashrif buyurgan mehmonlar, ota-onalar va nomzodlarni kutib olish hamda kerakli xodimlarga yo‘naltirish.
- HR bo‘limiga suhbatlarni tashkil etishda va nomzodlarni kutib olish jarayonida ko‘maklashish.
- Rahbariyat topshirig‘iga binoan xodimlar yoki tashrif buyuruvchilarni chaqirish va ularga kerakli ma'lumotlarni yetkazish.
- Telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish va tegishli bo‘limlarga yo‘naltirish.
- Rahbariyat, mehmonlar va yig‘ilishlar uchun choy, qahva hamda ichimliklarni tayyorlash va tortish.
- Ofis va qabulxona hududining ozoda va tartibli holatini ta'minlash.
- Hujjatlarni qabul qilish, saralash va tegishli xodimlarga yetkazish.
- Uchrashuvlar, yig‘ilishlar va boshqa tashkiliy ishlarda ma'muriy yordam ko‘rsatish.
- HR va ma'muriyat bo‘limining kundalik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
- Rahbariyat tomonidan yuklatilgan boshqa xizmat vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.